England
Bugungi kunda Angliya deb ataluvchi hududda zamonaviy odamlar Soʻnggi Paleolit davridan istiqomat qilib keladi, lekin mamlakat oʻz nomini hududga V-VI asrlarda koʻchib kelgan german qabilalaridan boʻlmish Angllar nomidan olgan. Angliya X asrga kelib birlashgan davlatga aylandi va XV asrda boshlangan kashfiyotlar davridan buyon butun dunyoga sezilarli madaniy va yuridik taʼsir oʻtkazdi.[2] 1535-yildan keyin Uelsni ham oʻz ichiga oluvchi Angliya qirolligi 1707-yilga kelib alohida mustaqil boʻlishni toʻxtatdi va shu yildan boshlab, Shotlandiya qirolligi va Angliya qirolliklari birlashtirilib, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligiga aylantirildi.[3]
Angliya butun dunyo bahramand boʻlayotgan yutuqlardan koʻpchiligining beshigi boʻlib, ular qatoriga Ingliz tili, Ingliz huquq tizimi (koʻplab davlatlar yuridik tizimlarining asosini tashkil qiladi), Futbol oʻyini (dunyodagi eng koʻp tomoshabinga ega sport) hamda Angliya cherkovini keltirish mumkin. Angliyaning parlamentar boshqaruv tizimi koʻpchilik davlatlar tomonidan qabul qilingan.[
Angliya zamini, ayniqsa markaziy va janubiy qismi asosan past tepaliklar va tekisliklardan iborat. tepaliklar va togʻli hududlar asosan shimolda va gʻarbda, xususan Dartmur, Koʻllar hududi va Shropshir tepaliklari hududlarida joylashgan.