France
Farangiston (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] tingla), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République française)[5] — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni: 674687 ming km². Aholisi: 66 561 000 kishi (2024). Poytaxti — Parij shahri.
Pul birligi (EUR) Parij eng katta shahri va poytaxti hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
Fransiya — respublika, tarixda xonlik bolgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan).