Thailand
Tailand (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha: Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Janub-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarimorolining markaziy qismi va Malakka yarimorolining shimoliy qismida joylashgan davlat. Maydoni 514 ming km². Aholisi 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok shahari. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.
Hududining yarmi past tekislik, qolgani deyarli togʻlik (Kxuntxan, Tanentaunji va boshqalar)dan iborat. Tailandning sharqini Korat platosi egallaydi. Foydali qazilmalardan qalay, volfram, rux, yonuvchi slanets, qoʻrgʻoshin, plavik shpat, temir, marganes rudalari, surma, barit, asil toshlar, qoʻngʻir koʻmir, kaliy va toshtuz, gaz, neft konlari bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli. Oʻrtacha yillik temperatura tekislik va togʻoldi hududlarida 22—29°, qishda shimoliy toglarda —10°, —15° gacha pasayadi. Yillik yogʻin 1000–2000 mm. Asosiy daryosi — Menam Chao Praya (Menam). Tailandning sharqiy va qisman shimoli-sharqiy chegarasida Mekong, gʻarbiy chegarasida Saluin daryolari oqadi.
Aholisining 3/4 qismini tay guruhiga mansub xalqlar (siyom yoki kxontay va boshqalar), 1/5 qismini laolar tashkil etadi. Mamlakat janubda malayyalar, gʻarbi va janubi-gʻarbida karenlar, monlar, janubi-sharqda kxmerlar yashaydi. Rasmiy til — tay tili. Rasmiy din — buddaviylik. Malayyalar islomga, xitoylar budda va daosizmga eʼtiqod qiladi. Katolik va protestantlar ham bor. Shahar aholisi — 18,3%. Yirik shaharlari, Bangkok, Chiangmay, Chonburi.