Spain

Ispaniya (España), - Ispaniya Qirolligi (Reino de España) — Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydoni 504,75 ming km2. Aholisi 48,37 mln. kishi (2023). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid shahri hisoblanadi.

Ispaniya subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan koʻproq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-gʻarbda 800- 1000 m, janubi-sharqda 500-600 m. Ular oʻrtasida janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. Ispaniyaning shimoli-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor.



Ispaniya — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 6-dekabrdagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan;

Italy
Italia soʻzining kelib chiqishi ayrim sabablarga kura nomalum.
England
Angliya zamini, ayniqsa markaziy va janubiy qismi asosan past tepaliklar.
India
Hindiston – federativ respublika deb e'lon qilingan.
France
Fransiya — respublika, tarixda xonlik bolgan.